Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) bugun ertalab Livandan 105 ta raketa uchirilganini qayd etdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabarida aytilmoqda.
"Isroilning shimolida soat 06:24 dan 06:32 gacha, shuningdek, 06:52 va 07:00 oralig‘ida jaranglagan sirenalardan so‘ng Livandan Isroil hududiga 85 ga yaqin snaryadlar kirib kelgani qayd etildi", — deyiladi xabarda. Ulardan ba’zilari qaytarildi.
Bundan tashqari, Livandan yana 20 ta raketa Jezril vodiysida Isroil havo hududiga kirib kelgani qayd etilgan.
Raketalar va vayronalarning qulashi Kiryat-Byalik, Sur Shalom va Moreshet hududlarida qayd etilgan. Yong‘in xavfsizligi xizmati ushbu hududlarda yong‘inlarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.