Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qariyb 2 mln o‘zbekistonlik xorijda ishlayotgani aytildi

Qariyb 2 mln o‘zbekistonlik xorijda ishlayotgani aytildi

2024 yil 1 iyul holatiga O‘zbekiston aholisi 37,2 mln nafarni tashkil etib, ulardan 15 mln 89 ming nafari (41 foizi) iqtisodiy faol ya’ni, mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi.

Bandlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan, 14 mln 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.

Xususan:

  • rasmiy sektorda – 6,8 mln (48 foiz);
  • norasmiy sektorda – 5,5 mln (38,8 foiz);
  • xorijda ishlayotganlar – 1,9 mln (13,6 foiz).

Shuningdek, bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil boshida 1 024 ming nafar).

«Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaydi», – deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Kiritildi: 03:32 05.11.2024. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!