Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qanliko‘lda tadbirkorlar tuman hokimiga qarshi janjal ko‘tarmoqda

Qanliko‘lda tadbirkorlar tuman hokimiga qarshi janjal ko‘tarmoqda

Qoraqalpog‘istonning Qanliko‘l tumaniga yaqinda hokim etib saylangan D.Tolibayev ustidan bir guruh tadbirkorlar shikoyat qilmoqda. Ushbu shikoyat tuman markazida joylashgan 50dan ortiq har xil mahsulotlarni sotuvchi do‘konlarning hech qanday qonuniy asossiz buzilishi rejalashtirayotgani ortidan kelib chiqmoqda.

O‘zA tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan murojaatni chop etdi.

Qanliko‘l tumani yosh tuman deb nomlanib kelinadi. Lekin, ushbu yosh tuman ning yutug‘i mo‘l. Bugungi kunda hukumatimizning tumanga va tuman xalqiga nisbatan alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi tahsinga sazovor. Shunday qo‘llab-quvvatlashlarning natijasi o‘laroq, tuman tadbirkorlarining yangi tashabbuslari, shaxsiy loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Qanliko‘l tumanida yuz berayotgan har bir yangilanish, har bir olg‘a qo‘yilgan qadam barchani quvontiradi.

Lekin, so‘nggi kunlari tuman tadbirkorlarini bitta katta muammo qiynamoqda. U ham bo‘lsa, tuman markazida joylashgan 50dan ortiq har xil mahsulotlarni sotishga mo‘ljallangan do‘konlarning hech qanday qonuniy asossiz buzilish oldinda turganligi hamda buzilgan ob’ektlar uchun to‘lam miqdorining hisoblanmay, uning o‘rniga yangidan bino qurish uchun yer maydoni ajratilishi belgilanganligi va eng achinarlisi, ob’ektlar buzilgan taqdirda ham tadbirkorlarga o‘z faoliyatini uzviy davom ettirishi uchun qo‘lay sharoitning yo‘qligidir.

Aqlga sig‘maydigan yana bir holat 2017 yil yoz oylarida buzilib, hukumat tomonidan moliyalashtirilib, qayta qurilgan Qanliko‘l dehqon bozori da ob’ektlari buzilgan tadbirkorlar o‘z savdo ishlarini amalga oshira berishlari mumkin. Lekin, bozorning qurilishi chala bitgan. Tadbirkor qaysi o‘rinda, qanday qilib savdo qilishni biladi. Ammo, xech qanday sharoitlar bilan ta’minlanmagan hamda chala bitkazilgan binoda savdo qilish hamma tadbirkorlarga ham mos kela bermaydi. Masalan, bu chala bitgan bozorda kiyim-kechaklar, don mahsulotlari, poliz mahsulotlarini va boshqa shunga o‘xshagan saqlash mumkin bo‘lgan tovarlarni sotish mumkindir, balkim. Lekin, go‘sht mahsulotlarini, oziq-ovqat va tez ayniydigan oziqlik mahsulotlarni saqlash va sotishning imkoni yo‘q.

Ushbu holatlarni hisobga olib, xususiy korxona egalari va tadbirkorlar ob’ektlarning buzilishi bo‘yicha hokimlik tomonidan qabul qilingan qarorni talab qilganida, ushbu masala yuzasidan hechqanday qaror chiqmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Aslida bunday hollarda tadbirkorga huquqiy asos ko‘rsatilishi lozim. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 mayda Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida gi qarori qabul qilingan.

Qanliko‘l tumanida yuz berayotgan yuqoridagi holat to‘la qonun buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Fuqarolar o‘zlarining buzilgan huquqlari yuzasidan tegishli chora ko‘rish maqsadida tumanning yangi hokimi D.Tolibayev bilan uchrashdi. Yangi hokim bilan uchrashuvda tadbirkorlar hech bir savoliga to‘la javob ola olmaganligini ta’kidlamoqda. Uning (hokimning) faqat qaymoq gapi buning hammasi taraqqiyot uchun degani bo‘ldi.

Endi tuman tadbirkorlari taraqqiyot bahonasi bilan ziyon ko‘rmoqda. Faraz qilaylik, tadbirkorlarning biznes muhitini keskin tarzda toraytirib tashlash orqali taraqqiyotga erishish mumkinmi?

Mamlakatimiz siyosatida ham bosqichma-bosqich o‘tish tizimi qo‘llab-quvvatlanadi. Taraqqiyot hammaga ham kerak, butun xalqimizning hamkorlikdagi maqsadi ham shu. Lekin, hech bir narsaga bir yoki ikki kun ichida erishib bo‘lmaydi. Ob’ektlar yaroqsiz bo‘lsa, ularni buzish uchun huquqiy asos bilan ish ko‘rilsin yoki tadbirkorlarga imkon berilib, binolarni qayta zamonaviy namunada qurishi uchun ruxsat berilsin. Bunga ham ko‘nmasa, buziladigan ob’ektlar uchun mablag‘ ajratilsin. Savdo o‘rinlari joylashgan hudud aholining eng ko‘p yig‘iladigan joyi hisoblanadi. Bu yerda tadbirkorlar mo‘l foyda oladi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar orasida kelib chiqayotgan noroziliklarga sabab, hokim qarorisiz ob’ektlarning buzilib boshlanishi, bu bo‘yicha tadbirkorlarning roziligi va kelishuvi olinmaganligi hamda buzilgan ob’ektlar uchun kompensasiya pulining o‘rniga bo‘sh yer maydoni berilishidir. Bo‘sh yer maydoni berilishi bilan kompensasiya puli o‘rtasida katta farq bor.

Chunki, binoni shundayligicha ko‘tarib olib borib yangi joyga joylashtira olmaysan-ku. Tadbirkor ishni nol dan boshlashi kerak. Bunga qancha mablag‘ kerak. Bizningcha, tadbirkorlarga binongizni buzasiz deb, ziyonni qoplashini bo‘yniga olmaslik kuch ko‘rsatish yoki bosim o‘tkazish deyilsa kerak.

Biz ushbu holat yuzasidan tegishli soha vakillaridan to‘g‘ri yechim topib berishni so‘raymiz .

Kiritildi: 13:23 08.04.2019. O'qildi: 2073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!