Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qamoqxonada «bunt» ko‘targan yigit 16 yilga qamaldi

Qamoqxonada «bunt» ko‘targan yigit 16 yilga qamaldi

O‘zbekistonda mavjud qamoqxonani “qora zona” qilinishi va uning ichida masjid qurilishini talab qilib “bunt” ko‘targan mahkum yigit 16 yilga qamaldi.

2020 yil 10 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida sudya A.Tashevning raisligida O.Amonovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

“Jahon.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, 1988 yil 31 iyulda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tug‘ilgan Amonov Olimjon G‘ulomovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (JK) 104-moddasi 1-qismi, 166-moddasi 2-qismining “a” bandi, 276-moddasining 1-qismi, 165-moddasi 1-qismi bilan , 97-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan sudlangan.

U o‘ziga belgilangan jazo muddatini Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-sonli Jazoni ijro etish koloniyasi (JIEK)da o‘tab kelayotib, koloniya hududiga olib kirish va foydalanish taqiqlangan uyali telefon apparati va sim kartasini tergov davrida aniqlash imkoniyati bo‘lmagan yashirin yo‘llar bilan olib kirishga erishib, ulardan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Muassasa rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan rejadagi tintuvda esa 1 (bir) dona “NOKIA” rusumli,1 (bir) dona “SAMSUNG J3”, 1 (bir) dona “MAXVI C-20” va 1 (bir) dona “INOI-100” rusumli telefon apparatlari, 1 (bir) dona SAMSUNG J2 va 1 (bir)  dona “IPHONE-4S” rusumli telefon apparatlari, chiqindilar solish uchun mo‘ljallangan quti ichidan 1 dona “FLY-180” rusumli telefon apparati jami bo‘lib 8 (sakkiz) dona uyali aloqa telefon apparatlari rasmiylashtirilib, olib qo‘yilgan (Qamoqxonaga shuncha telefon qayerdan kirgani esa noma’lum).

Bundan norozi bo‘lgan Amonov Olimjon G‘ulomovich, Abdug‘afforov Islomjon Abdusamad o‘g‘li bilan birgalikda jazoni ijro etish muassasasining bir me’yorda faoliyat yuritishi va uni izdan chiqarish maqsadida jinoiy til biriktirib, mahkumlarga ochlik e’lon qilishni buyurgan va ulardan qo‘rqqan mahkumlar ochlik e’lon qilgan.

O. Amonov va uning sheriklari koloniyani “chyornaya zona” deb e’lon qilishlarini, jazoni ijro etish koloniyasiga kirib kelayotgan har qanday mahsulotlar, jazoni ijro etish muassasasi xodimlari orqali emas, balki ularni qo‘llaridan o‘tishini aytib, mahkumlar o‘rtasida muassasa xodimlariga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otib, “muassasa ichida masjid qo‘rib berilishi, diniy mazmundagi kitoblarni ko‘paytirish, uchrashuv soatlarini uzaytirish, olingan telefon apparatlarini qaytarib berish va ovqatlanish idishlarini o‘zlari bilan olib yurishlari” haqidagi qonunga zid bo‘lgan talablarni qo‘yishgan.

Voqea joyiga kelgan Qarshi maxsus prokurori F.Omonov, viloyat IIB o‘rinbosari Z.Ravshanovga mahkumlar tezkor qidiruv bo‘limi xodimi Sharopov Sunnatni, tarbiya bo‘lim boshlig‘i Mardonov Sohiblarni xizmat vazifasidan zudlik bilan bo‘shatishni, intizomiy bo‘linmada turgan Hakimov Hakimni intizomiy bo‘linmadan chiqarib yuborishni, diniy kitoblarni berishni, olib quyilgan telefonlarni qaytarib berishni va boshqa bir qancha noqonuniy talablarni quyishgan.

Tartibbuzarlikka asosiy sababchi deb topilgan O. Amonovga nisbatan sud hukmi bilan 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O.Amanovga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazo muddati 2019 yil 27 fevral kunidan boshlab hisoblanishi belgilandi.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 06:45 20.01.2020. O'qildi: 7066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!