"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yonib ketdi. Holat bo‘yicha "Qamchiqavtoyo‘l" ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, "Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 222 km. "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida yuk mashinasi yong‘in sodir bo‘lganligi sababli soat 07:55 da ushbu yo‘nalishda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Hozirga vaqtda yuk mashinasini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilib, "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishi soat 08:44 da avtotransportlar harakati uchun ochildi.