FVV qutqaruvchilari tomonidan "Qamchiq" dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi.
Bugun, 16-iyun kuni soat 08:57 da A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismida "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlangan "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida "Qamchiq" maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Avtomobilda haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.