Bu haqda FVV matbuot xizmati RIA Novostiga xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, A-373 yo‘lining 141-km.da 8 kishi sayrga chiqqan. Ulardan biri taqiqlangan hududda selfi olishga uringanida qoqilib, qor uyumiga tushib ketgan. Uni qutqarmoqchi bo‘lgan sherigi ham qor ostida qolib, ikkalasi ham voqea joyida halok bo‘lgan.
Voqea joyiga chaqirilgan qutqaruvchilar halok bo‘lganlarning jasadlarini qor ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.