Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor fuqaro A.B.dan undiruvchi N.B. foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor A.B. shu kunga qadar aliment pullarini kam miqdorda to‘lab kelganligi oqibatida qarzdorlik 108.205.000 mln so‘mga yetgan.
Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan mablag‘i yo‘qligini bahona qilib kelgan.
Shundan so‘ng, davlat ijrochisi qarzdor A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka doir ish hujjatlarini to‘plab, sudga taqdim qilgan.
Sud zalida ma’muriy qamoq jazosi haqida yetarlicha tushunchalarga endigina ega bo‘lgan qarzdor 108.205.000 mln so‘m naqd pulni juda tez va osongina topa qoldi ham.
✔️Shu yo‘sinda voyaga yetmagan farzandlarining bir necha oylar davomida davomida to‘lanmasdan kelinayotgan aliment pullari to‘liq undirib berildi.