Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qalblarni larzaga soluvchi voqea

Qalblarni larzaga soluvchi voqea

Bir mo‘min kechqurun xuftonga chiqishga tayyorgarlik ko‘ribdi, tashqarida sharros yomg‘ir yog‘ayotgan ekan, shunga qaramay uyidan chiqibdi. Bir oz yo‘l yurib, oyog‘i toyilib yiqilib tushibdi. Hammayog‘i loy, masjidga borolmaydigan darajada bo‘libdi. Uyiga shoshib, kiyimlarini almashtirib yana masjidga qarab yo‘l olibdi. Jamoatga ulgurishim kerak, deb shoshib-pishib yura turib, yana yiqilibdi. Alhamdulillah , deb uyiga shoshib kirib, kiyimlarini yana almashtirib ko‘chaga chiqsa, eshikning oldida bir kishi shamchiroq ushlab turganmish.

Haligi kishi:

Qani birodar ehtiyot bo‘ling, mana buyoqdan yuring, sirg‘anib ketmang, manavi yerda tosh bor ekan, qoqilib ketmang, deb masjidgacha kuzatib boribdi.

Mo‘min hayron bo‘lib:

Birodar masjidga kirmaysizmi? deb so‘rabdi.

Yo‘q kirmayman, debdi shamchiroq ushlagan kishi.

Nega?

Chunki men Shaytonman.

Unda menga nega yordam berding?

Shayton:

Meni senga yordam berish niyatim yo‘q edi. Yomg‘irning sharros yog‘ishiga qaramay, uyingdan chiqqaningda Alloh seni gunohlaringni mag‘firat qildi. Men seni yiqitdim, lekin sen o‘rningdan turib uyingga kirib chiqqaningda Alloh bu amaling uchun ahli oilangning gunohlarini kechirdi. Ikkinchi bor uydan chiqqaningda men seni shoshirdim va sen yana yiqilding, uyga kirib yana qaytib chiqqaningda Alloh bu amalingga butun shahardagi mo‘minlarning gunohlarini kechirdi. Uchinchi marta chiqqaningda men seni yiqitsam-u, sen yana uyga kirib kiyim-boshingni almashtirib chiqsang, Alloh butun Yer yuzidagi mo‘minlarning gunohlarini kechirib yuborishidan qo‘rqdim, deb javob beribdi.

Kiritildi: 08:48 15.04.2019. O'qildi: 3503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!