Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qalbaki alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olinmoqda

A A A
Qalbaki alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olinmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "D.I."MCHJ savdo do‘konida 3 turdagi 2158 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jondor tumanidagi YATT J.Q. savdo do‘konida 17 turdagi 241 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 124 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:42 27.05.2024. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!