Muqaddas dinimiz, degan gap menga erish tuyulaveradi. Bu gapning erishligi – qabriston, yodgorliklar, ziyoratgohlar fonida, hamda do‘ppi kiyib, galstuk taqqan yigitlar va boshida ro‘moli yo‘q yosh qiz boshlovchilar tilidan aytilavergani uchunmi, bilmadim.
Muqaddas dinimiz, degan ibora g‘ashimga tegaveradi. Bu g‘ashlikning sababi – din deganda minbarlarimizda (masjid minbarlaridagina emas) faqat shukronalik, musaffo osmon va terrorizm haqida ma’ruzalar qilayotganlar mazkur iborani ishlatavergani uchunmi, bilmadim.
Muqaddas dinimiz, degan jumla asabimni o‘ynayveradi. Bu asabiylik sababi – jumla Islomdan ma’lum bir ta’limotni ajratib olib, nafsiga yoqmagan qolgan qismini uloqtirgan yoki dinimizni faqat qalbda bo‘ladigan e’tiqod, deya biladigan bir avlod tilida aylanayotgani uchunmi, bilmadim.
Dinimiz ziyorat emas, balki ibodat dini. Dinimiz faqat terrorga qarshi kurash emas, balki insoniyatning to‘la baxtiyorligi garovi dini. Dinimiz bir butun va bo‘laklanmaydigan din. Uni muqaddas deb emas, balki ana shularni anglab, amal qilib hurmatlanadi.
Mubashshir Ahmad
Manba: azon.uz