Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Putinning yangi rejasi ma’lum bo‘ldi

Putinning yangi rejasi ma’lum bo‘ldi

Frankfurter Rundschau nemis nashri muallifi Ulrix Kryokelning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati sobiq Sovet respublikalarining ayrimlarini "erkin suzib yurishiga" ruxsat berishga qaror qilgan. Uning ta’kidlashicha, Moldovada G‘arbparast prezidentning saylanishi, Ozarbayjonning Turkiya bilan yaqinlashishi Moskvada shov-shuvga sabab bo‘lmagan.

Muallifning fikriga ko‘ra, Gruziya va Ukrainadagi tajriba tufayli Kreml tashqi jarayonlarga minimal ta’sir o‘tkazishga qaror qildi: Kryokel harbiy aralashuvlar va Qrimning qo‘shilishi bilan bog‘liq siyosiy va iqtisodiy xarajatlar foydadan ustunroq deb hisoblaydi. Rossiya Belarusdagi vaziyatga ham aralashmadi; u Qorabog‘dagi mojaro paytida o‘zini juda ehtiyotkorlik bilan tutdi va natijada sanksiyalardan qochdi. Kryokelning ta’kidlashicha, Prezident Vladimir Putin siyosatning boshqa sohasiga o‘tib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash haqida tobora ko‘proq gapira boshladi.

Kiritildi: 14:55 27.11.2020. O'qildi: 5719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!