Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Putinning to‘ng‘ich qizi 40 mlrd rubllik tibbiyot muassasasini qurayotgan kompaniya egasi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Putinning to‘ng‘ich qizi 40 mlrd rubllik tibbiyot muassasasini qurayotgan kompaniya egasi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi Mariya Voronsova Leningrad viloyatida zamonaviy tibbiy markazni qurayotgan xususiy kompaniyaga egalik qilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Putinning qizini faoliyati bo‘yicha surishtiruv o‘tkazgan BBC xizmatiga tayanib, TJournal xabar berdi.

Joriy yilning iyul oyi boshlarida Sankt-Peterburgda «Nomeko» kompaniyasi tomonidan yadroviy tibbiyot bo‘yicha simpozium o‘tkazilgan edi. Unda 200 ming kvadrat metr maydonga ega ko‘p funksiyali tibbiy kompleks taqdim etilgandi. Loyiha qiymati 40 milliard rublga teng. Loyihani Leningrad viloyatida amalga oshirish taklif etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Nomeko» kompaniyasining muassislari orasida Mariya Voronsova ham bor. The New Times jurnalining yozishicha, Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizini shunday atashadi.

2015 yilda Reuters agentligi Putinning katta qizi Moskva davlat universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagani haqida xabar bergandi.

Mazkur loyihani qurishda Rossiya prezidentining jiyani Mixail Putin ishlaydigan «Sogaz» kompaniyasi ham qatnashmoqda.

Kiritildi: 13:36 25.07.2019. O'qildi: 3879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!