Bugun 21 iyun, 2024 yil, juma

КИР

Putinning bayonotlari haqida nima yozishyapti?

Putinning bayonotlari haqida nima yozishyapti?

Xorij ommaviy axborot vositalari Putinning Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha takliflari va prezidentning boshqa bayonotlari haqida o‘z xulosalarini yozmoqda.

Financial Times: Rossiya prezidentining juma kuni nutqi chog‘ida qo‘ygan talablari juda aniq edi. Ukraina to‘rtta hudud ustidan nazoratni samarali ravishda Rossiyaga topshirish shartlarini qabul qilishi dargumon.

Daily Mail: Putinning Ukraina bo‘yicha Shveysariya sammiti arafasida qilgan bayonoti Kiyevda “qabul qilib bo‘lmaydigan taklif” sifatida baholanadi.

Newsweek: Putin dahshatli bayonot berib, dunyo qaytib kelmaydigan nuqtaga yaqinlashganini ta’kidladi.

Mirror: Putin G‘arbni Uchinchi jahon urushi haqida ogohlantirdi. U Ukrainada bosib olgan hududlar abadiy Rossiya tarkibida qolishiga va’da berdi.

Hindustan Times: Putin Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va’da berdi, ammo shartlarni ilgari surdi. Bayonot Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti fonida va Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan konferensiya arafasida qilingan.

Kiritildi: 06:15 15.06.2024. O'qildi: 1853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!