Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putinni aldagan jurnalistni jazolash talab qilinmoqda

A A A
Putinni aldagan jurnalistni jazolash talab qilinmoqda

Rossiya Federasiyasi Jamoatchilik palatasi media-komissiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari, Milliy qadriyatlarni himoya qilish jamg‘armasi prezidenti Aleksandr Malkevich Rossiya prezidenti Vladimir Putinni matbuot anjumani paytida aldaganligi uchun ryazanlik jurnalist Aleksandra Bezukladovani jazolashni talab qildi.

Ta’kidlanishicha, matbuot anjumanida qiz "Men homiladorman" yozuvi tushirilgan plakat bilan o‘ziga e’tiborni jalb qilgan, ammo buning haqiqat emasligi ayon bo‘lgan. Savol o‘rniga jurnalist mahalliy amaldor haqidagi voqeani aytib bergan va Putindan unga «Rossiya Qahramoni» unvonini berishni so‘ragan.

Bezukladovaning matbuot anjumanidagi xatti-harakatlarini oddiy qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlayotgan Malkevichning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya Jurnalistlar uyushmasi raisi Vladimir Solovyovga qizni Rossiya Jurnalistlar uyushmasi a’zoligidan chiqarish taklifi bilan murojaat qilgan.

"U nafaqat prezidentni, balki barchamizni aldadi. Bu jurnalist uchun mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", degan Malkevich "Butun mamlakat uchun ochiq va jirkanch yolg‘on ifodalagan bunday noloyiq xatti-harakatlar jazosiz qolmasligi kerak", deya qo‘shimcha qilgan holda.

Kiritildi: 20:01 20.12.2020. O'qildi: 5056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik