Rossiya prezidenti Vladimir Putin BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan norasmiy uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyatni juda qiyin deb atadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
Rossiya rahbari BAA prezidentini vaziyatni muhokama qilish uchun taklif qildi.
"Biz, albatta, Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida ham gaplashamiz. Vaziyat juda qiyin", - dedi Putin.
O‘z navbatida, BAA rahbari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishga tayyorligini tasdiqladi. "Bugun biz siz bilan muhokama qiladigan mavzular va savollar juda ko‘p. Masalan, bu Yaqin Sharq. Umid qilamanki, bugun biz buni batafsil muhokama qilamiz", dedi u.