Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Putin yana SSSR haqida gapirdi

Putin yana SSSR haqida gapirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin SSSR konstitusiyasi haqida gapirdi.

"SSSR konstitusiyasida belgilab qo‘yilgan respublikalarni Ittifoqdan chiqarish huquqi va 1977 yilda mamlakatning asosiy hujjatida qayd etilgan Kommunistik partiyaning hokimiyatga bo‘lgan monopol huquqi "asta-sekin portlovchi minalar"ga aylandi", – dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.

"Davlatlarning Sovet Ittifoqidan chiqib ketishiga kelsak. Haqiqatan ham, konstitusiya ... – 1977 yilgi konstitusiya va oldingi konstitusiyalarda Kommunistik partiyaning hokimiyatga mutlaq monopoliyasi belgilab qo‘yilgan va u, kommunistik partiya, butun davlat tizimining yadrosi bo‘lgan. Kommunistik partiyadan turli millat vakillarigacha chiqish huquqi yo‘q edi. U hamma narsani saqlab qoldi", –  dedi Putin "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "aslida, Kommunistik partiya o‘z taqdirini, o‘z guruh manfaatlarini butun mamlakat manfaati bilan bog‘lagan".

"Va (Kommunistik partiya – tahr.) o‘z-o‘zidan, hech qanday tashqi zarbalarsiz, ichkaridan qulab tushdi hamda mamlakatni ham qulata boshladi. Bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Bu Sovet Ittifoqi tuzilgan paytida – 1922 yilda va keyin 24, 36, 77-yillarda konstitusiyalar qabul qilingan paytda qo‘yilgan "bombalar" edi. Biz shunday narsalardan qochishimiz kerak", – dedi Putin.

Kiritildi: 18:29 05.07.2020. O'qildi: 12767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!