"Mazkur qonun Rossiya ishtirok etmagan, lekin boshqa davlatlar bilan bog‘liq jinoiy ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan sud qarorlariga, shuningdek, xalqaro sud organlariga tegishli. Bunda sud organlarining vakolati Rossiya bilan xalqaro shartnoma yoki BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasiga asoslanmagan bo‘lishi lozim", deya yozmoqda nashr.
Huquqshunoslarning ta’kidlashicha, yangi qonun ayniqsa Xalqaro jinoiy sudning qarorlariga taalluqli bo‘ladi. Boshqa ekspertlar esa, qonunda Ukraina urushiga doir ehtimoliy maxsus tribunallar ham nazarda tutilgani bildirgan.
2022 yil mart oyida Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mamlakatning bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan hibsga olish orderi chiqargan edi.