Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi telefon orqali muloqot qildi

Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi telefon orqali muloqot qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud telefon orqali muloqot davomida Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Har ikki tomon harbiy harakatlarni tezroq to‘xtatish va barcha tomonlarning qonuniy manfaatlarini tegishli ravishda hisobga olgan holda, nizoni uzoq muddatli hal etish maqsadida siyosiy-diplomatik sa’y-harakatlarni faollashtirish zarurligini ta’kidladilar», — deyiladi xabarda.

Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Yaqin Sharqdagi inqiroz global energiya xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdilar.

Ular Yaqin Sharqdagi inqiroz fonida neft bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha OPEK+ doirasidagi ishlarning muhimligini ta’kidladilar.

Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yuqori darajada ekanidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Kiritildi: 18:10 02.04.2026. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!