Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Putin va Pezeshkian Janubiy Kavkazdagi vaziyatni muhokama qildi

Putin va Pezeshkian Janubiy Kavkazdagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Masud Pezeshkian telefon orqali muloqotda Janubiy Kavkazdagi vaziyatni muhokama qildilar. Bu haqda Kreml xabariga tayanib Report ma’lum qildi.

Suhbat davomida Putin 15 avgust kuni Ankoridjda (Alyaska) bo‘lib o‘tgan Rossiya–AQSh uchrashuvi natijalari haqida hamkasbiga ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, Pezeshkian Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

🔹 Kreml ma’lumotiga ko‘ra, prezidentlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyat va Janubiy Kavkazdagi jarayonlarni muhokama qilgan.

🔹 Shuningdek, Putin va Pezeshkian 31 avgust – 1 sentyabrda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida uchrashishga kelishib olgan.

Kiritildi: 17:48 25.08.2025. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!