Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Putin Ukrainaga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

Putin Ukrainaga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

Kreml rahbari Vladimir Putin Kiyev va G‘arb joriy tinchlik muzokaralari davomida uning talablarini rad etsa, Ukrainaga yangi zarbalar berish bilan tahdid qildi:

«Agar ular jiddiy muhokama qilishni istamasa, u holda Rossiya o‘z tarixiy yerlarini jang maydonida ozod qiladi», — dedi Putin o‘z chiqishida.

Shuningdek, Kreml rahbari nutqida Yevropa yetakchilarini keskin tanqid qilib, ularni «podsvinkalar» deb atadi:

«Hamma qisqa vaqt ichida RF parchalanib ketadi, deb o‘ylagan edi. Yevropa podsvinkalari darhol oldingi Amerika ma’muriyatining ishlariga qo‘shilib, mamlakatimiz parchalanishidan foyda ko‘rishga umid qildilar».

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorlik ko‘rsatgan, Yevropada esa hozir bunday imkoniyat yo‘q. Kreml Qrimni va Ukrainaning sharqida bosib olingan barcha hududlarni Rossiyaniki deb tan olishni, shuningdek, chegara bo‘ylab «xavfsizlik bufer zonasi»ni kengaytirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ukraina NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishini ham talab etmoqda.

Kiritildi: 17:56 18.12.2025. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!