Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmon imzoladi. Unga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi hududida qonuniy asosda bo‘lmagan Ukraina fuqarolari mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etishlari yoki 2025 yil 10 sentyabrgacha "RFdagi huquqiy holatini tartibga solishlari" lozim.
Mazkur hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, ushbu qoidalar migrasiyani tartibga solish choralarini takomillashtirish doirasida joriy etilmoqda.
Shuningdek, farmondan o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan LXR va DXR hududlarida, Zaporoje va Xerson viloyatlarining bosib olingan qismlarida bo‘lgan chet elliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar yuqumli kasalliklar yo‘qligi va giyohvand moddalar iste’mol qilmaganligini tasdiqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari zarurligi anglashiladi.
2022 yil iyulda Putin butun Ukraina aholisiga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tarzda olish imkoniyatini kengaytiruvchi farmonni imzoladi. Bundan oldin, 2019 yil iyulda u o‘zini o‘zi e’lon qilgan DNR va LNR aholisi uchun, 2022 yil mayda esa Ukrainaning bosib olingan Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtirgan edi.