Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan Rossiyaning AQShdagi elchisi Antoliy Antonov lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda Rossiya OAVlari xabar bermoqda.
OAV xabarlariga ko‘ra, elchi dam olish kunlari Moskvaga qaytgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ayni damda AQShga yangi elchi tayinlash masalasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgandi.