Rossiya va Yaponiya o‘rtasida 1945 yilda Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin hech qanday tinchlik shartnomasi tuzilmaganligi bu- bema’nilik.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirgi vaziyatni shunday ta’rifladi, deb yozadi 3 sentyabr, juma kuni TASS.
Rossiya rahbari Moskva hech qachon bu masala bo‘yicha Tokio bilan muloqotdan bosh tortmaganini, lekin u yerda shartlar doimo o‘zgarib turishini aytdi.
Ikkinchi jahon urushi natijasida Moskva va Tokio o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzilmadi. Kurillarning janubiy qismi - Iturup, Kunashir, Shikotan orollari va Xabomai orollari guruhi bo‘yicha hal qilinmagan hududiy nizo uning imzolanishiga asosiy to‘siq bo‘ldi. Yaponiya tomoni Janubiy Kurilni shimoliy hududlar deb ataydi va ular ustidan Rossiya suverenitetini tan olmaydi. Moskva, o‘z navbatida, hududiy nizo haqiqatini tan olmaydi. Vashington Janubiy Kurillarni Yaponiyaning bir qismi deb hisoblaydi.