Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar opportunistik emas va hech kimga qarshi qaratilgan emas.
Bu haqda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan cheklangan doiradagi suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
“Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar opportunistik emas va hech kimga qarshi qaratilmagani prinsipial ahamiyatga ega”, dedi prezident.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik xalqaro maydonda barqarorlashtiruvchi asosiy omillardan biridir.