Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin Rossiya qanday holatda Suriyani "tinch qo‘yishi"ni aytdi

Putin Rossiya qanday holatda Suriyani "tinch qo‘yishi"ni aytdi

Agar Damashqdagi bo‘lajak hokimiyat tegishli qaror qabul qilsa, Moskva Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin RT, Al Arabiya va Sky News Arabia telekanallariga bergan intervyusida ma’lum qildi, uning bir qismi shanba kuni Rossiya kanalida arab tilida namoyish etildi.

«Boshqa davlat hududida noqonuniy bo‘lib turganlar, hozirgi holatda bu Suriya, ushbu mintaqadan chiqib ketishi kerak va bu barcha davlatlarga tegishli, - dedi prezident. - Agar Suriyaning kelajakdagi qonuniy rahbariyati Rossiya Qurolli kuchlariga muhtoj emasligini bildirsa, unda bu Rossiyaga ham tegishli bo‘ladi».

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada chet el harbiylarining mavjudligi masalasi Eron, Turkiya va AQSh bilan muhokama qilinmoqda. «Men har doim hamkasblarimga Suriyani xorijiy harbiy ishtirokdan xalos qilish kerakligini aytib kelganman», - deya ta’kidlab o‘tdi Putin.

Shuningdek, u Suriya Arab Respublikasining hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 17:27 12.10.2019. O'qildi: 3561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!