Putin Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari hamda Qrim Rossiyaga tegishli hududlar deb tan olinsa, Odessa va Ukrainaning boshqa hududlariga da’vo qilmaydi.
Bu haqida "Kommersant" xabar berdi.
Gazetaning maxsus muxbiri Andrey Kolesnikov o‘z maqolasida Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi vakillari bilan uchrashuvning yopiq qismida Putin tadbir ishtirokchilari bilan Ukraina va tinchlik muzokaralari haqida gaplashganini yozgan.
Jurnalistning xabar berishicha, xususan, Putin Tramp bilan kelishish mumkinligiga ishonadi va unga to‘liq ishonch bildiradi.
Ukraina tomoni avvalroq RF qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olmasligini ma’lum qilgan edi.