Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok G‘arbning qurol yetkazib berishini va Ukrainani Rossiyaning davom etayotgan bosqinidan himoya qilishda yordam berishini himoya qildi.
«Agar mudofaa qurollari bo‘lmaganida, Ukrainada janglar va o‘limlar bo‘lmasdi, degan g‘oya shunchaki noto‘g‘ri», dedi Berbok Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida.
«Biz iyun oyida Ukraina Rossiyani xalqaro tinchlik sammitiga taklif qilganida nima bo‘lganini ko‘rdik. Putin o‘z hujumini to‘xtatib, muzokara stoliga o‘tirish o‘rniga bolalar shifoxonasini bombardimon qilish orqali o‘z javobini yubordi», - dedi Berbok .
«Putin muzokaralar stoliga o‘tirishni istamasa, o‘z-o‘zini himoya qilishni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish Ukrainadagi bolalar shifoxonalarini himoyasiz qoldirishni anglatadi», — dedi Berbok.
«Bu kamroq emas, balki ko‘proq urush jinoyatlarini bildiradi», dedi Germaniya bosh diplomati.
Berbok BMTga a’zo davlatlarni Putinni hujumlarini to‘xtatish va muzokaralarga kirishishga chaqirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan mojaro Nyu-Yorkdagi chiqishlar va muhokamalar markazida bo‘ldi.