Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putin Medvedevni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi

A A A
Putin Medvedevni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevni IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Tegishli farmon rasmiy hujjatlar portalida e’lon qilingan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Dmitriy Medvedev Rossiya davlatchiligini mustahkamlash va Rossiya Federasiyasi milliy xavfsizligini ta’minlashda qo‘shgan katta hissasi uchun mukofotlangan.

Medvedev ilgari bu ordenning birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalari bilan taqdirlangan edi. Shu tariqa, u “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordenining to‘liq kavaleri bo‘ldi.

14 sentyabr kuni Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari 60 yoshini nishonlamoqda.

Kiritildi: 23:35 14.09.2025. O'qildi: 1800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!