Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin Lavrovni Rossiyaning oliy mukofoti bilan taqdirladi

Putin Lavrovni Rossiyaning oliy mukofoti bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni Rossiyaning oliy davlat ordeni – Birinchi darajali Avliyo apostol Andrey ordeni bilan taqdirladi, deb yozadi RIA Novosti.

Lavrov Vatan oldidagi alohida xizmatlari, Rossiya Federasiyasining tashqi siyosati yo‘nalishini ishlab chiqish va amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi, ko‘p yillik samarali davlat faoliyati uchun taqdirlangan.

Sergey Lavrov kecha 75 yoshga to‘ldi. Rossiya TIV rahbari lavozimida deyarli 22 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Birinchi darajali Avliyo apostol Andrey ordeni Rossiya imperiyasidagi birinchi va eng oliy orden bo‘lgan. 1917 yilgacha jami ming nafarga yaqin kishi mukofotlangan. Oktyabr inqilobidan keyin Rossiya imperiyasining boshqa mukofotlari singari tugatilgan. 1998 yilda esa qayta tiklangan va Rossiya Federasiyasining oliy davlat mukofoti sanaladi.

Kiritildi: 11:29 22.03.2025. O'qildi: 1118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!