Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putin Kim Chen Inga tabrik yo‘lladi

A A A
Putin Kim Chen Inga tabrik yo‘lladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR yetakchisi Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 74 yilligi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi.

Putin davlatlararo munosabatlarning do‘stona xarakterini va turli sohalardagi samarali hamkorlikning salmoqli tajribasini qayd etdi, deb xabar beradi STAK.

“Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan xalqlarimiz farovonligi, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash manfaatlari yo‘lida konstruktiv ikki tomonlama aloqalarning barcha ko‘lamini yanada rivojlantirishni ta’minlaymiz”, — deyiladi tabrik telegrammasida.

Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va bundan keyin ham yaqin taktik va strategik hamkorlikka umid bildirgan edi.

Kiritildi: 12:52 09.09.2022. O'qildi: 3171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik