Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin insoniyatni tabaqalarga ajratishni bas qilishga chaqirdi

A A A
Putin insoniyatni tabaqalarga ajratishni bas qilishga chaqirdi

Insoniyatni "go‘sht kabi birinchi va ikkinchi nav"ga bo‘lib bo‘lmaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro birlashgan madaniyatlar forumida so‘zlagan nutqida. Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.

11 a’zoni o‘z ichiga olgan BRIKSni kengaytirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan murosa haqidagi savolga javob berar ekan, Rossiya yetakchisi "biron-birining eksklyuzivligini e’lon qilish nomaqbul variant" ekanini ta’kidladi.

"Birovning boshqalarga nisbatan eksklyuzivligini e’lon qilish, odamlarni birinchi va ikkinchi toifaga ajratish kerak emas. Insoniyat jamiyatida bunday bo‘lmasligi kerak, bu g‘ayritabiiydir", — deya ta’kidladi Putin savolga javob berib.

Davlat rahbari madaniyat va sportning vazifasi davlatlar o‘rtasida ko‘prik o‘rnatish ekanini ta’kidladi, chunki mutasaddilar bu vazifani har doim ham bajaravermaydi.

Kiritildi: 21:54 17.11.2023. O'qildi: 1715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!