Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin harbiylar sonini oshirdi

Putin harbiylar sonini oshirdi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qurolli kuchlar sonini 2 389 130 kishiga yetkazish qarorini e’lon qildi. Ularning 1,5 millioni harbiy xizmatchi.

Tegishli farmon bugun me’yoriy-huquqiy hujjatlar portalida paydo bo‘ldi.

Davlat rahbarining ushbu ko‘rsatmasi "Mudofaa to‘g‘risida"gi 1996 yil 31 mayda chiqqan 61-FZ-sonli Federal qonunning 4-moddasiga mos keladi.

Hukumatga federal byudjetdan Mudofaa vazirligi farmonning 1-bandini amalga oshirishi uchun zarur mablag‘ ajratilishini ta’minlash topshirildi.

RF harbiylari tarkibi oxirgi marta 2023 yil dekabrida o‘zgartirilgan edi.

Kiritildi: 09:18 17.09.2024. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!