Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Putin Eronning yangi prezidenti Pezeshkiyonni tabrikladi

Putin Eronning yangi prezidenti Pezeshkiyonni tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Masud Pezeshkiyonni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Davlat rahbari telegrammasi Kreml saytida e’lon qilindi.

“Eron Islom Respublikasi prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling. Prezident sifatidagi faoliyatingiz do‘st xalqlarimiz farovonligi yo‘lida, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni manfaatlaridan kelib chiqqan holda, barcha sohalarda konstruktiv ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi, deb umid qilaman”, — deyiladi xabarda.

Putin o‘z tabriklarida Moskva va Tehron “xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal qilishda sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirib kelayotganini” ta’kidladi hamda Rossiya-Eron munosabatlarining do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik xarakterini ta’kidladi.

“Sizga muvaffaqiyat, mustahkam sog‘lik va farovonlik tilayman”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisi 19 may kuni viloyatida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan edi. Uning bortida yana yetti kishi, jumladan tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohian ham bo‘lgan.

5 iyul kuni Eronda mamlakat ijroiya rahbari vafoti munosabati bilan o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda islohotchilar qanoti nomzodi, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Pezeshkiyon 53,6% (16,384 mln) ovoz to‘plab g‘alaba qozondi. Uning raqibi, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili, konservativ qanot vakili Said Jaliliy 44,3% (13,538 mln.) ovoz bilvn mag‘lub bo‘ldi. Saylovning ikkinchi turda saylovchilarning taxminan 49,8 foizi ishtirok etdi.

Kiritildi: 16:08 06.07.2024. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!