Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Putin Eron – Isroil ziddiyati sababini aytdi

Putin Eron – Isroil ziddiyati sababini aytdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Islom Respublikasi yetakchisi Ibrohim Raisiy bilan muloqot o‘tkazib, uni Isroil bilan kechayotgan taranglik asnosida bosiqlik ko‘rsatishga chaqirdi. RF rahbari Eronning uchuvchisiz raketa va dron orqali hujumidan keyin Isroil hafta oxirida javob qaytarish chorasini ko‘rishi mumkinligini ta’kidlagan. Shuningdek, tomonlarni Yaqin Sharq uchun halokatli oqibatga olib keladigan yangi qarama-qarshi harakatlardan tiyilishga chaqirgan.

Putin Eron hujumiga oid izohida Isroil – Falastin mojarosi davom etayotgani Yaqin Sharqdagi hozirgi beqarorlikning asosiy sababi ekanini qayd etdi.

Raisiy esa Eronning amaliyoti majburiy va cheklangan xususiyatga egaligi, Tehron keskinlikni kuchaytirishdan manfaatdor emasligini bildirgan. U ba’zi davlatlarning buzg‘unchi pozisiyasi Eronni shunga majbur qilganini aytib, Tehron manfaatiga qarshi har qanday harakat keng ko‘lamli javobni taqozo qilishiga urg‘u bergan.

Kiritildi: 11:07 17.04.2024. O'qildi: 1131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!