Putin BMTning iqlim bo‘yicha sammiti uchun Bokuga kelmaydi, deb xabar qildi Ozarbayjon hukumatidagi manba
Tadbirda Rossiya «bosh vazir darajasida» ishtirok etadi, dedi BBC Ozarbayjon xizmatiga manba Rossiya prezidentiga boshqa davlatlar rahbarlari qatori taklifnoma yuborilganini tasdiqlagan holda.
Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tadbiridir va tashkilotchilar (bu holatda Ozarbayjon hukumati) taklifnoma yuborishda kamsitishmaydi, dedi manba.
Shu hafta Ukraina G‘arb davlatlarini, agar Putin konferensiyada ishtirok etsa, Ozarbayjondagi COP29 sammitini boykot qilishga chaqirdi. Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan COP-29 tadbiriga kelsa, G‘arb davlatlari ushbu tadbirda ishtirok etishdan bosh tortishi kerakligini aytdi.