Putin bilan gaplashdim, Rossiya AQSh va jahon bozoriga millionlab tonna dizel yonilg‘isini yetkazib beradi — Donald Tramp.
AQSh prezidenti Rossiya rahbari bilan navbatdagi telefon muloqotini o‘tkazdi. Trampning yozishicha, Rossiya Amerika va global bozorga yaqin muddat ichida jami 3 million tonna dizel beradi, bu esa narxlarni rekord darajada tushiradi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Moskva zudlik bilan 300 ming tonnadan ortiq, noyabr oyi davomida yana 500 ming tonna, undan keyin esa yana 1 mln tonna dizel yetkazib beradi. Kelgusida yetkazib berish hajmi 3 mln tonnaga oshishi mumkin.
"Rossiya dizelni qayta ishlash zavodlarining holatidan kelib chiqib, qisqa vaqt ichida 3 mln tonna dizelni yetkazib beradi. Ho‘rmuz ustidan nazoratimiz va Rossiya energiyasi bo‘yicha ushbu ajoyib e’lon sabab dizel narxlari dunyoda rekord darajada pasayadi. Amerikaliklar uchun, ayniqsa buyuk fermerlarimiz, chorvadorlarimiz va yuk tashuvchilarimiz uchun narxlarni pasaytirish mening ustuvor vazifamdir", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.