Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin BAAni Tramp bilan uchrashuv uchun mos joylardan biri deb atadi

Putin BAAni Tramp bilan uchrashuv uchun mos joylardan biri deb atadi

Rossiya yetakchisi bu haqda Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan Kremldagi uchrashuvida ma’lum qildi.

"Bizda buni tashkil etishda yordam berishga tayyor ko‘plab do‘stlarimiz bor. Ularning biri — BAA prezidenti. Menimcha, biz mazkur masalani hal qilamiz, lekin bu uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ancha munosib joylardan biri bo‘lardi", — dedi Rossiya prezidenti jurnalistlarga.

Putinning aytishicha, Moskva ham, Vashington ham ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvga qiziqish bildirgan. U, shuningdek, Zelenskiy bilan uchrashishga qarshi emasligini, biroq buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi kerakligini, hozircha esa bu imkoniyat ehtimoli hali uzoq ekanini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 18:12 07.08.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!