Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Putin AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarga “og‘ir vaznli” jamoani jalb qildi

Putin AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarga “og‘ir vaznli” jamoani jalb qildi

BU haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Putin AQSh bilan muzokaralarga Rossiya prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov, Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin va To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi (RFPI) bosh direktori Kirill Dmitriyevlarni tayinlamoqchi.

Nashrning ta’kidlashicha, Ushakov va Narishkin Rossiya qo‘shinlari bosqinidan ko‘p o‘tmay Ukraina bilan mojaroga barham berish yuzasidan ilk muzokaralarda ishtirok etgan. Kirill Dmitriyev esa 2025 yil fevral oyida AQSh bilan Mark Fogelni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda qatnashgan.

Rossiya muzokaralar guruhiga 2022 yildagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida qatnashgan boshqa shaxslar ham qo‘shilishi mumkin. Kremlga yaqin manbalarning aytishicha, ular Ukraina vakillari bilan muzokaralarda ishtirok etadi. Ular orasida Vladimir Medinskiy ham bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 01:11 15.02.2025. O'qildi: 2326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!