Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

"PSJ" Lamin Yamalni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Rekord transfer summasi ma’lum

"PSJ" Lamin Yamalni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Rekord transfer summasi ma’lum

Fransiyaning «PSJ» klubi yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan va «Barselona» vingeri Lamin Yamalni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Fichajes nashri.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Parij klubi taxminan 350 mln yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, bu summa jahon futboli tarixidagi mutlaq rekordga aylanishi mumkin. «PSJ» rahbariyati futbolchini jamoaning kelajakdagi loyihasi uchun asosiy figuralardan biri sifatida ko‘rmoqda.

«Barselona» esa dastlab futbolchini sotish niyatida emasligini va jamoani aynan uning atrofida qurishni rejalashtirayotganini bildirgan. Shunga qaramay, rasmiy taklif kelib tushgan taqdirda, klubning moliyaviy holati voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Futbolchining huquqlari Kataloniya klubiga tegishli bo‘lib, ehtimoliy transfer bo‘yicha yakuniy qaror tomonlarning pozisiyasi va yozgi transfer oynasidagi shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi.

Joriy mavsumda Lamin Yamal 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 19:01. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!