"PSJ" bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha Chempionlar ligasi rekordini takrorladi.
Parij jamoasi turnir finalida "Arsenal"ga qarshi bahs olib bormoqda (1:1, ikkinchi bo‘lim). Usmon Dembele 65-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
Bu "PSJ"ning joriy Chempionlar ligasi mavsumidagi 45-goli hisoblanadi. Shu tariqa, klub 1999/2000 yilgi mavsumda ushbu musobaqada xuddi shuncha gol urgan "Barselona" ko‘rsatkichiga yetib oldi.