Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"PSJ"da "Real" da’vogarlik qilayotgan Vitinya bo‘yicha qaror qabul qilindi

"PSJ"da "Real" da’vogarlik qilayotgan Vitinya bo‘yicha qaror qabul qilindi

"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Vitinya yaqin kelajakda sotilishi dargumon.

25 yoshli futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda, shuningdek, da’vogarlar orasida Angliya Premyer-ligasi grandlari ham bor. Shunga qaramay, jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, "PSJ" portugaliyalik yulduz bilan xayrlashmoqchi emas. Parijliklar rahbariyati xavbekni uzoq yillar davomida jamoada olib qolmoqchi. Ayni paytda hech qanday transfer bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti.

Transfermarkt portali Vitinyani 110 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining Fransiyaning amaldagi chempionlari bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 11:11. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!