Primorye o‘lkasidagi elektr podstansiyasida yuz bergan avariya tufayli Vladivostok va Artyom shaharlarida 140 mingdan ortiq iste’molchi sovuq suvsiz qoldi.
Avariya 110 kV kuchlanishli «Shtikovo» podstansiyasida yuz bergan. Elektr ta’minoti uzilishi natijasida «Primorskiy vodokanal»ning bir nechta nasos stansiyalari ishdan to‘xtagan.
Suv ta’minoti Artyom, Vladivostok hamda Nadejdinskiy tumanida uzilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suv ta’minotini soat 18:00 gacha tiklash rejalashtirilgan.
Prokuratura avariyani bartaraf etish ishlarini nazoratga oldi. Shuningdek, elektr va suv ta’minoti tarmoqlarini saqlash talablariga rioya etilgani hamda avariyani bartaraf etish muddatlari tekshiriladi.