Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Prezidentlik saylovida aktyor yetakchilik qilmoqda

A A A
Prezidentlik saylovida aktyor yetakchilik qilmoqda

Ukrainada kecha bo‘lib o‘tgan prezident saylovida aktyor va shoumen Vladimir Zelenskiy 30,22 % ovoz to‘pladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ayni damda Markziy saylov qo‘mitasi 40% dan ortiq byulletenlarni hisoblab chiqishga ulgurgan. Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenko 16,65 % ovoz to‘plagan. Uchinchi o‘rinda 13,13 % ovoz bilan Batkivshina partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko.

To‘rtinchi o‘rinda Za jizn muxolift uyushmasi yetakchisi Yuriy Boyko - 11,48 % ovoz bilan. Prezident saylovida jami 63,52 % saylovchilar ishtirok etdi.

Ukraina qonunchililiga ko‘ra prezident saylovida g‘olib chiqish uchun 50 %dan ko‘p ovoz to‘plash kerak. Saylov natijalariga ko‘ra Zelenskiy va Poroshenko saylovning ikkinchi bosqichiga o‘tishdi. Ikkinchi bosqich 21 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Ukraina Markaziy saylov qo‘mitasi saylov jarayonida jiddiy qonunbuzarliklar qayd bo‘lmaganini xabar qildi. Polisiyaga saylovlardagi qonunbuzarliklar haqida 1,9 mingta xabar kelib tushdi, 31ta jinoiy ish ochildi.

Kiritildi: 10:01 01.04.2019. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik