Shu yilning 26 iyul – 11 avgust kunlari Parijda bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan 19 ta sport turi bo‘yicha jami 90 nafar sportchi qatnashadi.
Ahamiyatlisi, an’anaviy sport turlaridan tashqari bu yil ilk bor futbol, suvga sakrash, kamondan otish, ayollar kurashi bo‘yicha ham yo‘llanmalar olingan. Qolaversa, bu yilgi olimpiyachilarimizning 36 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda.
Prezident Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizga muvaffaqiyat tiladi.