Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Prezident portaliga va tuman hokimiyatiga 230 marta murojaat qilgan ayol nega qamaldi?

Prezident portaliga va tuman hokimiyatiga 230 marta murojaat qilgan ayol nega qamaldi?

Fuqaro N.Ch Prezident portaliga va tuman hokimiyatiga qilgan murojaatlari bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan har bir murojaatni sinchkovlik va odillik asosida qonunda belgilangan muddatlarda olgan javob xatlaridan qoniqish hosil qilmagach, huquqbuzarlik sodir qilishga ahd qildi.

Romitan tumani ma’muriy sudining "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, fuqaro N.Ch Buxoro viloyati Romitan tuman hokimyati binosi oldiga joriy iylning 4 mart kuni taxminan soat 15:00 larda kelib, viloyat hokimligi rahbarligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilish boshlanishidan oldin hokimiyat binosi oldida yig‘ilishga kelgan fuqarolarni o‘ziga qaratib, tuman hokimi va boshqa rahbar xodimlarga qarata nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlay boshlagan va yerga yumalab yotib, baqirib nojo‘ya so‘zlar bilan so‘kinishni davom ettirgan.

Uni tinchlantirishga va sodir etayotgan huquqbuzurlik harakatini to‘xtatish uchun murojaat qilgan IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, N.Chga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (Milisiya xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) va
198-moddasining 1-qismi (Hokimiyat vakillarining qonuniy talablarini bajarmaslik) huquqbuzarliklarini sodir etgan deb topildi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbadan Romitan tuman ma’muriy sudining 2019 yil 4 martdagi qarori bilan 3 sutka ma’muriy qamoq jazo chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 17:04 04.06.2019. O'qildi: 4446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!