O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzolandi.
Unga ko‘ra, 2020 yil 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshiriladi.
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m etib belgilandi. Bunda o‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha oshadi.
Pandemiya davrida bu nima beradi?
2,8 mln keksalar, 687 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, 210 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan shaxslar moddiy qo‘llab-quvvatlanadi
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga 2020 yil oxirigacha byudjetdan qo‘shimcha 2,5 trln. so‘m yo‘naltiriladi.