Imtihon test shaklida bo‘lib, umumiy 130 daqiqa davom etadi:
▪️ 90 daqiqa – matematika (tanqidiy fikrlash va muammo yechish);
▪️ 40 daqiqa – ingliz tili (grammatika va matn bilan ishlash).
Eslatma:
▪️ Qo‘shimcha vaqt berilmaydi;
▪️ Ruxsatnoma va tug‘ilganlik guvohnomasi (asli) majburiy;
▪️ Qayta topshirish yoki kunni o‘zgartirish mumkin emas;
▪️ SMS orqali xabar beriladi, shaxsiy kabinetda joy va vaqtni yuklab olish mumkin.
Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihon Toshkent shahrida o‘tadi.