Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Prezident adliya tizimida davlat xizmatlarini yanada kengaytirish choralarini ma’qulladi

Prezident adliya tizimida davlat xizmatlarini yanada kengaytirish choralarini ma’qulladi

5 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev adliya sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Undan so‘ng farmon va qarorlar imzolandi.

Asosiy yangiliklar:
➖ 1 100 ta interaktiv kiosk aholi gavjum joylar va olis mahallalarga o‘rnatiladi;
➖ 30 turdagi hujjat talab etish bekor qilinadi — masalan, nikohlanuvchilarning tibbiy ko‘rik natijalari yoki harbiy xizmatga majburlarning turar joyi haqidagi ma’lumotlar onlayn olinadi;
➖ 2025–2027 yillarda 20 ta notarial harakat bosqichma-bosqich onlayn tartibga o‘tkaziladi;
➖ notarial xizmatlarda shaxsni aniqlash FACE-ID orqali amalga oshiriladi;
➖ surishtiruv, tergov va ekspertiza organlari o‘rtasidagi hujjatlar to‘liq elektron shaklda yuritiladi;
➖ avtohalokat joyini 3D modellashtirish va yangi turdagi ekspertizalar yo‘lga qo‘yiladi;
➖ nodavlat sud ekspertiza faoliyati kengaytiriladi, Sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi;
➖ qonunchilikni oddiy tilda sharhlab boruvchi “Adliya TV” internet sahifasi ishga tushiriladi.

Kiritildi: 14:12 06.09.2025. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!