Italiyaning lyuks sinfidagi kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchisi Prada o‘zining raqobatchisi Versace'ni sotib olishi mumkin. 30 sentyabr, seshanba kuni Yevrokomissiya 1,24 milliard yevrolik kelishuvni ma’qulladi. Unda ikki lyuks brendning birlashishi Yevropa bozoridagi raqobatni buzmasligiga baho berilgan.
Prada shu tariqa Versace brendini Amerikaning Capri Holdings guruhidan sotib oladi, u muzokaralar chog‘ida hashamatli tovarlar bozoridagi inqiroz va so‘nggi oylarda AQSh import bojlari oshishi tufayli sezilarli darajada pasaytirilgan narxga rozi bo‘lishga majbur bo‘lgan.
Birlashish natijasida yillik aylanmasi 6 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan hashamatli italyan tovarlari guruhi paydo bo‘ladi, u fransuz gigantlari LVMH va Kering bilan raqobatlashadi, deb yozadi AFP.
Agentlikning ta’kidlashicha, fransuz guruhlari so‘nggi yillarda Gucci, Fendi va Bottega Veneta kabi bir qator italyan brendlarini sotib olgan.